ELEKTRON HUKUMATNI JORIY ETISH: DAVLAT, BIZNES VA FUQAROLAR UCHUN AFZALLIKLARI
Keywords:
Elektron hukumat (e-hukumat), davlat boshqaruvi, raqamli xizmatlar, fuqarolar uchun elektron xizmatlar, kiberxavfsizlik, e-tijorat va elektron savdo, onlayn to'lovlar, raqamli guvohnoma.Abstract
Ushbu maqolada elektron hukumatning davlat, biznes va fuqarolar uchun keltiradigan afzalliklari tahlil qilinadi.Elektron hukumatning joriy etilishi davlat boshqaruvida , biznes jarayonlarida va fuqarolarning kundalik hayot tarzida qanday o’zgarishlarlarga sabab bo’lishi ham ta’kidlab o’tilgan.Bundan tashqari elektron hukumatning bir qator afzalliklari, jumladan samaradorlikni oshirishi ,boshqaruvni shaffof qilish, korrupsiyani kamaytirish, xizmatlarni tez va oson taqdim etish va fuqarolarni davlat ishlariga yana ham faolroq jalb qilish singari jihatlari ko’rib chiqiladi.Bundan tashqari , e-hukumatning muvaffaqiyatli tarzda joriy etilishiga zarur bo’ladigan texnologik infratuzilma , normative-huquqiy baza va odam resurslari to’g’risida ham ma’limot beriladi.