KOMPYUTER VA TARMOQADA KOMPYUTER XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH USULLARI. AXBOROTLARNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH.
Keywords:
kompyuter xavfsizligi, tarmoq xavfsizligi, kriptografiya, axborotni himoyalash, shifrlash algoritmlari, zararli dasturlar, raqamli imzo, axborot texnologiyalari xavfsizligi.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan birga kompyuter va tarmoq tizimlarida yuzaga kelayotgan axborot xavfsizligi muammolari atroflicha tahlil qilinadi. Dastlab, kompyuter xavfsizligining asosiy tamoyillari, jumladan, maxfiylik, yaxlitlik va mavjudlik prinsiplariga asoslangan himoya choralari ko‘rib chiqiladi. Kompyuterlarga va tarmoq infratuzilmasiga tahdid soluvchi omillar — zararli dasturlar, fishing, xakerlik, tarmoq hujumlari kabi xavflar haqida to‘xtalinadi hamda ularning oldini olish usullari yoritiladi. Tarmoq xavfsizligini ta'minlashda autentifikatsiya, avtorizatsiya va monitoring texnologiyalarining o‘rni alohida tahlil qilinadi. Maqolaning markaziy qismi axborotlarni kriptografik himoyalashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shifrlashning asosiy turlari — simmetrik va assimetrik algoritmlar, ochiq va yopiq kalitli tizimlar, raqamli imzo, xesh-funksiyalar kabi texnologiyalar keng ko‘lamda bayon etiladi. Kriptografiyaning amaliyotdagi roli, ayniqsa, internet orqali axborot almashinuvida, moliyaviy operatsiyalar xavfsizligida va davlat sirlarini himoyalashda qanday xizmat qilishi misollar bilan ko‘rsatib beriladi.