TIJORAT BANKLARDA SOLIQ TO‘LOVLARI BO‘YICHA MAJBURIYATLAR XISOBI
Keywords:
Mazkur tezis ishida tijorat banklarida soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar hisobini tashkil etishning nazariy asoslari, amaldagi huquqiy me’yorlar, amaliyotdagi mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirib o‘tiladi. Asosiy e’tibor, tijorat banklari tomonidan davlat byudjetiga to‘lanadigan asosiy soliqlar — foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), xodimlar daromadidan ushlab qolinadigan jismoniy shaxslar daromad solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish jarayoniga qaratiladi.Abstract
Bugungi kunda mamlakatimizda bank-moliya tizimi iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib, uning samarali faoliyat yuritishi davlat byudjeti tushumlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, tijorat banklari faoliyatida soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligi va davlat oldidagi javobgarligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS), xususan, IAS 12 (Income Taxes) talablari asosida tijorat banklarida soliq majburiyatlari hisobini tashkil etish ularning moliyaviy hisobotlarining to‘g‘riligini, investorlarga, davlat organlariga va boshqa manfaatdor tomonlarga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tijorat banklarida soliqqa oid majburiyatlarni noto‘g‘ri hisoblash yoki hisobotlarda aks ettirmaslik bank faoliyatida huquqiy, moliyaviy va imijiy xavflarga olib kelishi mumkin.