JADID MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Ilxom I. To’xtanazarov Author

Keywords:

Jadidchilik harakati, jadidlar, Turkiston, ma’rifatchilik, milliy ozodlik, yangilanish, ilmiy meros, ta’lim islohoti, mustamlakachilik, ijtimoiy-siyosiy harakat, milliy g‘oya, taraqqiyot, Usuli qadim, madaniy taraqqiyot, xalq ma’naviyati.

Abstract

Mazkur maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining kelib chiqish sabablari, tarixiy zarurati va bu harakatning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotdagi o‘rni keng yoritib berilgan. Jadidchilik harakati nafaqat milliy o‘zlik va ozodlik uchun kurash, balki xalqni ilm-fan, madaniyat va taraqqiyot sari yetaklash, eski va zamonaviy qarashlar o‘rtasidagi kurash natijasi sifatida baholangan. Jadid mutafakkirlarining ilmiy merosi bugungi mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ularning g‘oyalari bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, tafakkur va yangicha dunyoqarash ruhida tarbiyalashda bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi. Muallif jadidchilik harakatining asosiy g‘oya va maqsadlari, ularning Turkiston ijtimoiy-ma’naviy hayotini isloh etish yo‘lidagi xizmatlari, shuningdek, ilmiy merosini o‘rganishning dolzarbligini chuqur tahlil qiladi. Shu boisdan ham jadid mutafakkirlarining ilmiy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va bugungi jamiyat tarbiyasida undan foydalanish dolzarb ilmiy-amaliy masala ekanligi asoslab beriladi

Published

2025-05-28

How to Cite

Ilxom I. To’xtanazarov. (2025). JADID MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINI O’RGANISHNING AHAMIYATI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 43(1), 107-111. https://scientific-jl.com/trt/article/view/16779