YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH OMILLARI
Keywords:
Jadidchilik harakati, Turkiston, jadidlar, ma’rifatparvarlik, ilmiy meros, milliy uyg‘onish, ozodlik, taraqqiyot, Usuli jadid, ijtimoiy-siyosiy harakat, milliy g‘oya, mustaqillik, ta’lim islohoti, madaniy yuksalish, xurofot, feodalizm.Abstract
Mazkur maqolada jadidchilik harakatining Turkiston tarixidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Jadidchilik harakati tasodifiy hodisa emas, balki XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarning mahsuli ekanligi yoritib beriladi. Jadid mutafakkirlari o‘z davrida xalqni jaholat, xurofot va qoloqlikdan xalos qilish, ilm-ma’rifat, taraqqiyot va erkinlik g‘oyalarini yoyish yo‘lida faol kurash olib borganlar. Ularning asosiy maqsadi Turkistonni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy uyg‘onish va mustaqillikka erishish edi. Jadidlarning ilmiy va ma’rifiy merosini o‘rganish bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, yoshlarni vatanparvarlik, tafakkur, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Muallif ushbu maqolada jadidchilik harakatining tarixiy ildizlari, asosiy g‘oyalari, ularning ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni va bugungi davrdagi ahamiyatini ilmiy asosda ochib beradi.