KASB-HUNAR MAKTABLARI O’QUVCHILARIDA INGLIZ TILINI O’RGATISHDA YOZMA NUTQ KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
kasbiy ta’lim, chet tillarni o’qitish metodologiyasi, yozma nutq, o’qish va tinglash, nutq va kommunikativ kompetensiya, innovatsion texnologiyalar, suhbat va tariqa.Abstract
Kasbiy ta’lim tizimida xorijiy ta’lim dasturlarini integratsiyalash, xalqaro mehnat bozorlari talablaridan kelib chiqib o’quvchilarni kasb-hunar bilan birgalikda xorijiy til ko’nikmalarini ham rivojlantirish bugungi kun talabiga aylanib ulgurdi. Biz ushbu maqolada o’quvchilarga ingliz tili fanini innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o’rgatish va ularda bu tilni o’rganishga qiziqish uyg’otish omillarining ilmiy-nazariy tomonlari yuzasidan olim va pedagoglarning fikr-mulohazalari, ilmiy qarashlari tahlilini keltirgan holda, asosan yozma nutqni rivojlantirishga doir takliflarni keltirib o’tishga harakat qildik. Tadqiqot mavzusiga oid tahlillarimiz natijalari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarni xorijiy tillarni bilish ko’nikmalari orasida yozma nutq muhim shuningdek o’zlashtirilishi biroz murakkab jarayon hisoblansada, kasbiy faoliytani yo’lga qo’yish, karyera jarayonlarining eng muhim omili hamdir.