FUQAROLIK PROTSESSIDA MUTAXASSIS VA EKSPERTLARNING ODIL SUDLOVNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Authors

  • Ibragimova Rayxon Shodmon qizi Author

Keywords:

ekspertiza, mutaxassis, maxsus bilimlar, protsessual majburiyatlar, sud-huquq islohoti.

Abstract

Mazkur tezisda fuqarolik sud ishlarini ko‘rib chiqish jarayonida mutaxassis va ekspertlarning ishtiroki orqali odil sudlovni ta’minlash masalasi tahlil etilgan. Sudning adolatli, qonuniy va asosli qaror qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlar, ularning manbalari hamda ushbu bilimlarni sudga еtkazishda ekspert va mutaxassislarning roli ochib berilgan. Mutaxassis va ekspertlarning Fuqarolik protsessual kodeksdagi protsessual maqomi, ularning vazifalari, sud faoliyatiga ta’siri, xulosalarning huquqiy ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, amaldagi sud-amaliyotida mavjud bo‘lgan tizimli muammolar — ekspert xulosasining sifatsizligi, malaka talabi, mustaqillik yеtishmovchiligi kabi holatlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga doir aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Published

2025-05-28

How to Cite

Ibragimova Rayxon Shodmon qizi. (2025). FUQAROLIK PROTSESSIDA MUTAXASSIS VA EKSPERTLARNING ODIL SUDLOVNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 43(1), 311-316. https://scientific-jl.com/trt/article/view/16858