"KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLANING MAKTABGA MOSLASHISH MUAMMOSI"
Keywords:
kichik maktab yoshi, moslashish muammosi, maktab muhitiga moslashuv, psixologik moslashuv, ijtimoiy munosabatlar, maktab stressi, pedagogik yondashuvlar, ota-ona va o‘qituvchi hamkorligi.Abstract
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga moslashish jarayoni va uning davomida yuzaga keladigan psixologik, ijtimoiy hamda emotsional muammolar tahlil qilinadi. Bolaning oiladagi tarbiyasi, maktab muhitiga bo‘lgan munosabati, o‘qituvchi va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlari uning moslashuv darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maktabga endigina qadam qo‘ygan bolalarda stress, xavotir, ijtimoiy faollikning pastligi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Ushbu maqolada ana shunday muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari, psixologik yondashuvlar va moslashtiruvchi pedagogik metodlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bolaning maktab hayotiga tez va samarali moslashuvini ta’minlash uchun oila, o‘qituvchi va maktab psixologi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati yoritiladi.