OTORINOLARINGOLOGIK KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA TELEMEDITSINA VA MASOFAVIY VIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Keywords:
Otorinolaringologiyada telemeditsinaning asosiy yo'nalishlaridan biri masofaviy vizualizatsiya texnologiyalaridir. Masofaviy otoskopiya, rinoskopiya va laringoskopiya shifokorga bemorning quloq, burun va tomoqni masofadan turib ko'rish imkonini beradi.Abstract
Otorinolaringologiya - quloq, tomoq, burun va bosh bo'yin sohasidagi kasalliklarni o'rganadigan va davolaydigan tibbiyot sohasi bo'lib, diagnostika jarayonida vizualizatsiya muhim ahamiyatga ega. An'anaviy tekshiruv usullari, masalan, otoskopiya, rinoskopiya va laringoskopiya shifokorga a'zolarni vizual ko'rish va kasallik belgilarini aniqlash imkonini beradi. Biroq, ushbu usullar shifokorning bevosita ishtirokini talab qiladi va bemorlarning geografik joylashuvi, transport qulayligi va boshqa omillar bilan cheklanishi mumkin. Telemeditsina sog'liqni saqlash sohasida inqilob qilib, tibbiy xizmatlarni masofadan turib taqdim etish imkoniyatini yaratdi. Telemeditsina yordamida shifokorlar bemorlar bilan masofaviy konsultatsiyalar o'tkazishi, tashxis qo'yishi, davolash rejasini tuzishi va bemorlarning ahvolini kuzatishi mumkin. Bu, ayniqsa, qishloq va olis hududlarda yashovchi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega.[1]