SO‘Z BIRIKMASI VA UNGA YONDOSH HOLATLARINING O‘RGATILISHI
Keywords:
so‘z birikmasi, yondosh holatlar, sintaksis, grammatik birlik, qo‘shma so‘z, frazeologizm, metodik yondashuv, dars metodikasi, grammatik tahlil.Abstract
Mazkur maqolada so‘z birikmasi va unga yondosh holatlarning o‘zaro farqlari nazariy jihatdan tahlil qilinar ekan, ularni o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar ham taklif qilinadi. Xususan, mavzuni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradigan , blits-so‘rov, matn asosida tahlil, taqqoslash usullari hamda yozma mashqlar asosida mustahkamlash kabi metodlardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘qituvchilar uchun darsni tashkil etishda qulay bo‘lgan mashq turlari, savol-javoblar, erkin insho kabi topshiriqlar namunasi ham keltirilib, ularning didaktik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili darslarini interaktiv usullarda olib borish, o‘quvchilarning sintaktik bilimini chuqurlashtirish hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan.