ONA TILINI O‘QITISHDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
ona tili, ijtimoiy tarmoqlar, metodika, zamonaviy dars, Telegram, YouTube, interaktiv o‘qitish, yozma nutq, og‘zaki nutq, raqamli ta’lim, til ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlash, metodik yondashuvlar.Abstract
Mazkur maqolada ona tilini o‘qitishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning metodik asoslari yoritilgan. Unda zamonaviy texnologiyalar taʼlim jarayoniga integratsiyalashuvi, xususan Telegram, YouTube, TikTok kabi platformalarning o‘quvchilar til ko‘nikmasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Ijtimoiy yozuv, matn tahlili, loyiha ishi, til testi kabi usullar misolida ijtimoiy tarmoqlarning ona tili faniga qanday qo‘shilayotganini ko‘rsatib beruvchi metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, tajriba asosida olingan natijalar, interaktiv dars formatlari va o‘quvchining shaxsiy rivojiga ta’sir etuvchi jihatlar ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Maqola metodik tadqiqotlar olib borayotgan pedagoglar, tilshunoslar va amaliyotchi o‘qituvchilar uchun foydalidir.