KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Keywords:
davlat-xususiy sherikchiligi, kiberxavfsizlik, huquqiy tartibga solish, qiyosiy-huquqiy tahlil, O‘zbekiston, xorijiy tajriba, huquqiy muammolar, bartaraf etish yo‘llari.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasida davlat-xususiy sherikchiligining (DXSH) samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan huquqiy muammolar tahlil qilinadi hamda xorijiy davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur) tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil asosida amaldagi qonunchilikning asosiy kamchiliklari aniqlanadi va ularni bartaraf etishning aniq yo‘llari taklif etiladi. Bunda, xususan, ixtisoslashtirilgan tartibga solishning yo‘qligi, xavf-xatarlar va mas’uliyatni taqsimlash, axborot maxfiyligini ta’minlash, xususiy sheriklarni tanlash mezonlari, intellektual mulkni tartibga solish va nazorat mexanizmlari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida DXSHning huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.