O‘ZBEK TILIDA YORDAMCHI SO‘ZLARNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O‘YINLI DARSLARNING TURLARI
Keywords:
o‘zbek tili, yordamchi so‘zlar, didaktik o‘yin, o‘yinli dars, ta’lim metodikasi, nutq ko‘nikmalari, ijodiy faoliyat.Abstract
Ushbu maqola o‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. O‘yinli darslar talabalarning o‘quv jarayoniga faol ishtirokini ta’minlab, ularning nutqiy, ijodiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada o‘yinlarning turlari, ularning metodologik asoslari, ta’limdagi roli va samaradorligi muhokama qilinadi. “So‘z zanjiri”, “Bingo” va “Juftini toping” kabi o‘yinlar misolida yordamchi so‘zlarni o‘zlashtirish jarayonining interaktiv va samarali yondashuvlar bilan boyitilishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘yinlarning tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va ta’limiy funksiyalari yoritilib, ularning talabalarning mustaqil fikrlash va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalariga ta’siri ochib beriladi.