“AL-MILAL VA-N-NIHAL” ASARIDA HIND ETIQODLARINING YORITILISHI
Keywords:
Shahrastoniy, Al-Milal va-n-Nihal, hind e’tiqodlari, dinshunoslik, buddizm, braxmanizm, falsafa.Abstract
Ushbu maqolada musulmon olimlaridan biri bo‘lgan Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahrastoniyning mashhur “Al-Milal va-n-Nihal” asarida hind e’tiqodlarining qanday yoritilgani tahlil qilinadi. Asar Islom dunyosida ilk bor turli dinlar va mazhablarni tizimli va mukammal shaklda tasniflagan nodir manbalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, unda musulmon bo‘lmagan xalqlarning diniy-falsafiy qarashlariga bo‘lgan ilmiy yondashuv e’tiborga loyiqdir. Mazkur tadqiqot doirasida Hindiston diniy-falsafiy tafakkurining yirik oqimlari — braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy aqidaviy qarashlari, ilohiyotga bo‘lgan munosabati, ruh va jism haqidagi tasavvurlari tahlil qilinadi.
Downloads
Published
2025-06-02
Issue
Section
Articles
How to Cite
Karimov Muhriddin Bahriddin o‘g‘li. (2025). “AL-MILAL VA-N-NIHAL” ASARIDA HIND ETIQODLARINING YORITILISHI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 43(3), 52-56. https://scientific-jl.com/trt/article/view/17981