WI-FI VA BLUETOOTH STANDARTLARI
Keywords:
Wi-Fi standartlari, Bluetooth texnologiyasi, IEEE 802.11, Simsiz tarmoq protokollari, BLE (Bluetooth Low Energy), IoT (Internet of Things), Simsiz ma’lumot uzatish, Chastota diapazoni, Tarmoq xavfsizligi, Bluetooth versiyalari, Wi-Fi 6 va Wi-Fi 7, Simsiz texnologiyalar integratsiyasi, Tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyati, Raqamli transformatsiya, Energiya tejaydigan simsiz aloqa.Abstract
Ushbu maqola zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalarining asosiy standartlari - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalarining rivojlanish tarixi, texnik xususiyatlari va qo'llanilish sohalarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada Wi-Fi standartlarining (802.11a/b/g/n/ac/ax/be) evolyutsiyasi, ularning o‘tkazish qobiliyati, chastota diapazoni va qamrov zonasi taqqoslanadi. Shuningdek, Bluetooth texnologiyasining rivojlanish bosqichlari (1.0 dan 5.3 va BLE gacha), uning imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. Maqolada ikkala texnologiyaning zamonaviy “Aqlli uy”, IoT qurilmalari, sanoat avtomatlashtirish va kundalik hayotda qo‘llanilish misollari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida simsiz aloqa standartlarining kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari va istiqbollari aniqlangan.