SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ ATVOR
Keywords:
Kalit so‘zlar. Shaxs, ijtimoiylashuv, ijtimoiy xulq-atvor, sotsializatsiya, ijtimoiy institutlar, oila, ta’lim, jamiyat, ijtimoiy rol, ijtimoiy status, konformizm, deviant xulq-atvor, norma, qadriyatlar, madaniyat, shaxsiy rivojlanish, sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy nazorat.Abstract
Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor tushunchalari ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan keng yoritilgan. Shaxsning jamiyatdagi o‘rni, uning shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiylashuv jarayonining ahamiyati asosiy tadqiqot obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiylashuv – bu insonning tug‘ilganidan boshlab jamiyatning faol a’zosi bo‘lib shakllanishiga qaratilgan murakkab va bosqichma-bosqich kechadigan jarayon bo‘lib, bu jarayonda oila, ta’lim muassasalari, do‘stlar, ommaviy axborot vositalari, diniy tashkilotlar va boshqa ijtimoiy institutlar muhim rol o‘ynaydi.Ijtimoiy xulq-atvor esa shaxsning jamiyatda qabul qilingan me’yor va qadriyatlarga muvofiq harakat qilishi, o‘zini tutishi, o‘zaro munosabatlarga kirishish qobiliyatini anglatadi. Tadqiqotda ijtimoiy xulq-atvor turlari – konformizm, deviant xatti-harakatlar, ijtimoiy rollar va statuslar bilan bog‘liq xatti-harakatlar tahlil qilinadi.
References
1. Xaydarov.F.I, Xalilova. N.I “Umumiy psihologiya” Toshkent-2010y
2. Karimova V.M. Psixologiya T-2002y.
3. G’oziyev E.G’ Umumiy Psixologiya 1-2 kitob T-2002y
4. Davletshin M.G Umumiy Psixologiya T-2002y
5. Ivanov.P, Zufarova.M “Umumiy Psixologiya” T-2008y.