BUNING NOMI - XUSNI XULQ

Authors

  • Yigitaliyeva Shirinoy Author

Abstract

Tarbiyaning  ikki  qismi  bor:  fazilatni    qo’riqlaydigan  go’zal  ahloq  va  yaramas 
yo’ldan, yomon ahvolga tushishdan asraydigan xushyorlik. Bolani to’kin sochinlikda, 
qimmatbaho  kiyimlar  kiyib  o’sgan  bolalardan,  bunday  dabdabali  hayotga  rag’bat 
uyg’otadiganlar davrasiga aralashib qolishdan asrash kerak. Chunki voyaga yetayotgan 
bola etiborsiz tashlab qo’yilsa, ko’p hollarda bu ahloqning tubanlashuviga sabab boladi 
. Natijada ,bola ulg’aygach, kazzob, xasadgo’y, o’g’ri,chaqimchi, qaysar, mahmadona, 
yengiltak,makkor, behayo,yaramas bir kimsaga aylanib qolishi mumkin.  
Bulardan saqlanishning birdan - bir yo’li chiroyli tarbiya , keyin maktabda dars 
berish bilan mashg’ul bo’lmoq . Qachonki bolada chiroyli xulq, maqtovga arzigulik bir 
fe’l sodir bolsa , uni xurmat bilan sharaflamoq, ko’nglini quvontiradigan narsa bilan 
taqdirlamoq , ko’pchilik orasida bu feline  izhor etmoq zarur. Ba’zi holatlarda bir marta 
bu fe’liga xilof ish qilib qo’ysa, ayniqsa bola bu ishni yashirishga harakat qilsa ,uni 
ko’rmaganga  olish  foydaliroq  .  Chunki  bola  bunday  holda  aybidan  ortiqroq  jazoga 
tortilib  qolsa,jazo  aks  tasir  etishi,  aybini  ochilib  qolishiga  o’rganib,xatodan 
qo’rqmaydigan bo’lib qolishi ehtimol. 

References

1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.

2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.

2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.

3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.

4.”San’at” jurnali- 2013-yil.

5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil.

Published

2025-07-02

How to Cite

Yigitaliyeva Shirinoy. (2025). BUNING NOMI - XUSNI XULQ . Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 44(2), 238-239. https://scientific-jl.com/trt/article/view/24021