QADRIYATLAR KONFLIKTLARI VA IJTIMOIY UYGʼUNLIK: YOSHLAR ONGIDA TANLOV, ICHKI KURASH VA UYGʼUNLASHTIRISH STRATEGIYALARI
Abstract
Zamonaviy ijtimoiy muhitda yoshlar ongining shakllanishi murakkab qadriyatlar ziddiyati fonida kechmoqda. An’anaviy diniy va milliy qadriyatlar tizimi bilan globalist, texnotsentrik va postmodern yondashuvlar o‘rtasidagi konflikt, ayniqsa, yosh avlod ongida ichki qarama-qarshiliklar va identitet inqirozini yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonni anglash uchun qadriyatlar o‘rtasidagi konfliktni nafaqat tafakkuriy, balki ijtimoiy-falsafiy kontekstda chuqur tahlil etish lozim.
Qadriyatlar ijtimoiy tizimning mustahkamlovchi elementi bo‘lishi bilan birga, ularning ziddiyatli tabiati ham mavjud. Masalan, I. Hasanov ta’kidlaydi: "Yoshlarning qadriyatlar ierarxiyasida an’anaviylik bilan innovatsiyaga bo‘lgan intilish o‘rtasidagi bo‘shliq ularning psixologik barqarorligiga bevosita ta’sir etadi".[1]
Bu holatda, qadriyatlar konflikti uch asosiy darajada namoyon bo‘ladi: (1) individual ichki ziddiyat (shaxsiy e’tiqod va zamonaviy talablardagi nomuvofiqlik); (2) ijtimoiy qarama-qarshilik (urug‘dosh qadriyatlar va xorijiy madaniy namunalarning to‘qnashuvi); (3) identitet tanlovi (qaysi qadriyatlar tizimi asosida o‘zini namoyon etish).
[1] Hasanov I. Qadriyatlar sotsiologiyasi. – Toshkent: O‘zFA, 2019. – 160 b. – B. 118.