HUDUDIY INNOVATSION MARKAZLAR VA KICHIK BIZNES O‘RTASIDAGI HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich Author
  • No’monov Otabek O’rmonjon o’g’li Author

Abstract

XXI asrning global taraqqiyot bosqichida iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasi asosan innovatsion salohiyatga bog‘liq bo‘lib qoldi. Rivojlangan davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy innovatsion tizimning muvaffaqiyatli ishlashi, avvalo, ilmiy salohiyat va biznes sohasining o‘zaro integratsiyasiga tayangan holda yuzaga chiqadi. Xususan, kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatning asosiy drayveri sifatida qaralmoqda. Ular texnologik yangiliklarni tez joriy qilishi, o‘zgaruvchan bozor talablariga moslashuvchanlik darajasining yuqoriligi va yangi g‘oyalarga ochiqligi bilan ajralib turadi.

Ammo kichik biznes subyektlarining o‘z innovatsion salohiyatini to‘liq namoyon qilishi uchun ular ilmiy-texnik resurslar, tajriba-sinov infratuzilmasi va intellektual mulk asoslariga tayanishi zarur. Ana shu jihatdan, hududiy innovatsion markazlar muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. Innovatsion markazlar deganda – ilmiy-tadqiqot institutlari, texnoparklar, inkubatsion markazlar, oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan innovatsion laboratoriyalar, startap akseleratorlari va innovatsion klasterlar tushuniladi. Ularning asosiy vazifasi – yangi g‘oyalarni ilmiy asoslash, texnologik yechimlarni ishlab chiqish, ularni kichik biznes bilan birgalikda joriy etish hamda tijoratlashtirishdan iborat.

References

1. Мухитдинов, Шухрат Зиявитдинович. "Тадбиркорлик субъектларида хатарларни бошқаришнинг назарий-услубий асослари." Scientific progress 1.6 (2021): 939-943.

2. Muxitdinov, Shuhrat. "Ishlab chiqarish korxonalarida risklarni boshqarishning asosiy yo ‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.3 (2025).

3. Davlat Statistika Qo‘mitasi. (2024). O‘zbekistonda kichik biznes subyektlari faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘plami. Toshkent: DSQ rasmiy sayti. https://stat.uz

4. Tursunov, B. O., & Rakhmonov, A. A. (2022). Integratsiya jarayonlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri. Iqtisodiyot va innovatsiya, 3(1), 56–64.

Published

2025-07-25

How to Cite

Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, & No’monov Otabek O’rmonjon o’g’li. (2025). HUDUDIY INNOVATSION MARKAZLAR VA KICHIK BIZNES O‘RTASIDAGI HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH YO‘LLARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 45(1), 168-170. https://scientific-jl.com/trt/article/view/25376