TA’LIMDA MENEJMENT VA BOSHQARUV IQTISOSLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ta’limni boshqarish, strategik boshqaruv, innovatsion boshqaruv, loyiha boshqaruvi, zamonaviy ta’lim, sifat samaradorligi.Abstract
Mazkur tezisda ta’lim tizimini samarali boshqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar strategik boshqaruv, innovatsion boshqaruv va loyiha boshqaruvi haqida so‘z yuritiladi. Ta’lim jarayonini takomillashtirish, sifatni oshirish hamda o‘quvchilar kompetensiyasini rivojlantirishda ushbu yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Strategik boshqaruv ta’lim muassasalarida uzoq muddatli maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo‘llarini shakllantirishga xizmat qilsa, innovatsion boshqaruv yangi g‘oya va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishni ta’minlaydi. Loyiha boshqaruvi esa aniq natijaga yo‘naltirilgan vazifalarni tizimli tarzda amalga oshirish orqali ta’lim samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalari ta’lim boshqaruvida zamonaviy yondashuvlardan kompleks foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Axmedova N. “Ta’lim menejmenti va boshqaruv nazariyalari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
2. Qodirov S. “Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
3. Bush, T. Theories of Educational Leadership and Management. – London: SAGE Publications, 2011.
4. Fullan, M. The Principal: Three Keys to Maximizing Impact. – Jossey-Bass, 2014.
5. OECD. Education Policy Outlook: Leadership for 21st Century Learning. – OECD Publishing, 2019.