YAQIN SHARQDAGI GEOSIYOSIY KESKINLIKLARDA TURKIYA-ERON HAMKORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar. Yaqin Sharq, Turkiya, Eron, geosiyosat, hamkorlik, raqobat, Astana, Suriya, Iroq, PKK, Hizbulloh, proksi, energetika, diplomatiya, xavfsizlik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Yaqin Sharqdagi ko‘p qatlamli mojarolar fonida Turkiya va Eron o‘rtasidagi “raqobat ichidagi hamkorlik” fenomenini nazariy va amaliy dalillar asosida yoritiladi. G‘azo urushi, Eron-Isroil keskinlashuvi, Livandagi Hizbulloh omili, Qizil dengizdagi dengiz xavfsizligi, shuningdek, Suriya va Iroq shimolidagi kuchlar muvozanati ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va raqobatda namoyon bo‘ladi. Turkiya NATO a’zoligi va mustaqil tashqi siyosatni uyg‘unlashtirar ekan, Iroq va Suriya shimolida PKK/YPGga qarshi chuqur chegaraoldi operatsiyalarini yuritadi; Eron esa “qarshilik o‘qi” strategiyasi doirasida Suriya-Iroq-Livan yo‘lagini saqlab, proksi tarmoqlar orqali ta’sirini mustahkamlaydi. Astana formati mojaroni boshqarishning mexanizmi sifatida talqin qilinadi: tomonlar bir-birining “qizil chiziqlari”ni tan olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xatarini pasaytiradi. Kurd masalasi ikki davlatni vaqt-vaqti bilan yaqinlashtirsa, geoiqtisodiy bog‘liqlik (gaz, tranzit va savdo yo‘laklari) sanksiyalar bosimi sharoitida pragmatik kelishuvlarni rag‘batlantiradi. Natijada, Turkiya-Eron munosabatlari o‘zari hamkorlik mintaqa xavfsizlik va barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
References
1. G. Dalay. Is there really a Turkey-Iran rapprochement?. 2017. https://www.aljazeera.com/opinions/2017/9/13/is-there-really-a-turkey-iran-rapprochement
2. M. Nishonov. Toshkent (2004). Yaqin Sharq: muaommo va mojaroning tinch hal etish jarayonlari. b-3
3. Joint statement by Iran, Russia and Turkey on the International Meeting on Syria in Astana, 21-22 December 2017. https://www.mfa.gov.tr/astanada-duzenlenen-suriye-konulu-uluslararasi-toplanti-hk-ortak-aciklama_en.en.mfa
4. Joint Statement by Representatives of Iran, Russia and Türkiye on Outcomes of the 22nd International Meeting on Syria in the Astana Format, 11-12 November 2024. https://www.mfa.gov.tr/iran-rusya-ve-turkiye-temsilcileri-tarafindan-yapilan-astana-formatindaki-suriye-konulu-22-yuksek-duzeyli-toplanti-ya-iliskin-ortak-bildiri-11-12-kasim-2024.en.mfa
5. Dr Burcu Ozcelik. An Uneasy Stalemate? Iran and Turkey Manoeuvre in Iraqi Kurdistan. 2024. https://www.rusi.org/explore-our-research/publications/commentary/uneasy-stalemate-iran-and-turkey-manoeuvre-iraqi-kurdistan
6. No Return: The Civilian Impact of Turkey’s Operation Claw-Lightning. 2021. https://cpt.org/2021/06/07/no-return-civilian-impact-turkeys-operation-claw-lightning
7. Muhanad Seloom. From Rivals to Allies: Iran’s Evolving Role in Iraq’s Geopolitics. 2024. https://mecouncil.org/publication_chapters/from-rivals-to-allies-irans-evolving-role-in-iraqs-geopolitics