SANOATNI RAQAMLASH ASOSIDA TO‘PLANGAN MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH VA OPTIMALLASHTIRISH MODELLARI
Abstract
Kirish. Zamonaviy don mahsulotlari sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish mahsulot sifatini oshirish, resurs sarfini kamaytirish hamda ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishiga aylandi. “Sanoat 4.0” texnologiyalarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish liniyalaridan olinadigan ma’lumotlar real vaqt rejimida yig‘ilib, tahlil qilinadi va optimallashtirish modellarida qo‘llanadi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi – don mahsulotlari korxonasida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va optimallashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdir. Taklif etiladigan yondashuvlar yordamida ishlab chiqarish bosqichlarini avtomatlashtirish, energiya va xomashyo sarfini kamaytirish, shuningdek, nosozliklarni oldindan aniqlash imkoniyatlari yaratiladi.
References
1. Industrie 4.0 va IoT texnologiyalari asosida monitoring tizimlarini joriy etish tajribalari. Germaniya: Industrie 4.0 Platformasi (2022). URL: https://www.plattform-i40.de.
2. AQSH logistika sohasida sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar texnologiyalari. Amazon kompaniyasi tahlillari (2023). URL: https://www.aboutamazon.com.
3. 5G texnologiyalari va robotizatsiya monitoring tizimlarida: Janubiy Koreya tajribasi. Korea Institute of Science and Technology (2022). URL: https://www.kist.re.kr.