MEDIA MAKONNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

Authors

  • Hayitaliyev Yahyobek Ibrohim o‘g‘li Author

Abstract

Bugungi kunda media – nafaqat axborot manbai, balki g‘oyalar, qarashlar va dunyoqarashni shakllantiruvchi kuchli vosita hisoblanadi.

Zamonaviy jamiyatda ommaviy axborot vositalari (media) faoliyati oddiy axborot tarqatish chegarasidan ancha tashqariga chiqqan. U endi nafaqat yangiliklar yetkazib beruvchi, balki jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, ijtimoiy qarashlarni boshqaruvchi va hatto siyosiy jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vosita hisoblanadi. Media nafaqat axborot tarqatish va ijtimoiy ongni shakllantirish vositasi sifatida, balki ijobiy va salbiy jarayonlarni bevosita yo‘naltiruvchi, ayrim hollarda esa ularni nazorat ostiga oluvchi kuchli ijtimoiy institutga aylangan.

Media orqali jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar — bilim va tafakkur taraqqiyoti, ochiqlik va fuqarolik institutlari faolligi kabi jihatlar rag‘batlantirilayotgan bo‘lsa, ayni paytda u manipulyativ strategiyalar, noto‘g‘ri axborot tarqatish yoki ekstremistik g‘oyalarni yoyish kabi xavfli holatlar uchun ham vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shunday ekan, media bugungi zamon jamiyatida nafaqat voqelik aksini beruvchi oyna, balki uni shakllantiruvchi va boshqaruvchi kuch sifatida ham e’tirof etilishi lozim.

Published

2025-09-23

How to Cite

Hayitaliyev Yahyobek Ibrohim o‘g‘li. (2025). MEDIA MAKONNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 47(1), 99-101. https://scientific-jl.com/trt/article/view/26954