MUSTAXKAM BETON KONSTRUKSIYASINI YARATISH USULI

Authors

  • Inomov Zoxitjon Zokirjonovich Author

Abstract

Hozirgi kunda Respublikamizda bunyod etilayotgan bino-inshootlarni oddiy og‘rilikdagi beton va yengil beton konstruksiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida yengil betonning mustahkamligini oshirishga va boshqa fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash borasida ilmiy tadqiqod ishlari yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi yetarli bo‘lmaganligi sababli, sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi, ayniqsa, sanoat chiqindilari asosida g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Shu sababli O‘zbekistonning turli tumanlarida Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Bu turdagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish darajasi oshib bormoqda), hamda suv, gaz, elektr tarmoqlari mavjud va ularga talab bo‘lgan tuman va shaharlarda quriladi [1]. Yengil to‘ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to‘ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir.

References

1. E.U.Qosimov “Qurilish ashyolari”. Toshkent, 513bet, “Mexnat” 2004y.

2. Razzaqov S.J Holmirzaev S.A, “Beton va temirbeton mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” “O‘qituvchi” 2007-y

3. Qosimov E.U,Nizomov T.A. “Arxitektura ashyoshunosligi” “Chulpon” Toshkent.512 bet 2013.

Published

2025-10-02

How to Cite

Inomov Zoxitjon Zokirjonovich. (2025). MUSTAXKAM BETON KONSTRUKSIYASINI YARATISH USULI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 47(1), 293-295. https://scientific-jl.com/trt/article/view/27063