KING LONG AVTOBUSLARINING TORMOZ TIZIMIGA SERVIS XIZMAT KO‘RSATISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Ravshanov J.M. Author

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy va qulay avtobuslar orqali yo‘lovchilarni xavfsiz va sifatli tashishni ta‘minlash bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biridir. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimlari doirasida mamlakatimizga olib kelingan King Long avtobuslari jamoat transporti tarmog‘ida keng qo‘llanilmoqda. Shu sababli, ushbu transport vositalariga texnik servis xizmatini tashkil qilish va takomillashtirish masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Mazkur servis tizimini o‘zgartirish orqali avtobuslarning ba‘zi agregatlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ekspluatatsiya muddatini cho‘zish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash mumkin. King Long avtobuslarida ekspluatatsiya jarayonida yuzaga kelgan nosozlik va buzilishlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida texnik xizmat ko‘rsatish rejimi takomillashtirildi.

Published

2025-10-21

How to Cite

Ravshanov J.M. (2025). KING LONG AVTOBUSLARINING TORMOZ TIZIMIGA SERVIS XIZMAT KO‘RSATISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 48(1), 102-102. https://scientific-jl.com/trt/article/view/27537