GLOBAL IQLIM O`ZGARISHINING O`ZBEKISTONGA TA`SIRI VA UNING YUMSHATISH YO`LLARI
Abstract
Global isish hozirda vujudga kelgan muammo emas. Bu muammo XX asrning o`rtalaridan hozirgi kungacha vujudga kelgan global muammodir. Bunga asosiy sabab dunyo aholisi sonining oshishi, neft va neft mahsulotlaridan betartib foydalanish, ishlab chiqarish hajmining ortishidir. Buning natijasida O`zbekistonda 1880-yildan to hozirgi vaqtgacha 1,6 daraja (13.2dan 14.8 C gacha) oshgan[1]. Buning oqibatida issiqxona gazlari konsentratsiyasining bundan keyin ham ortishi, qurg‘oqchilik natijasida suv va oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko‘payishiga, issiq mavsum davomiyligi va qizg‘inligining oshishi tufayli aholi sonining ortishiga, shuningdek sellar, toshqinlar va boshqa xavfli hodisalarning takrorlanishiga olib keladi. Undan tashqari, bunday ilish ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, va Orolbo‘yi, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi. Tabiiyki iqlim oʻzgarishlari keyingi yarim asr ichida bizning mintaqaga ham sezilarli taʼsir oʻtkazdi. Bir paytlar mavjlanib yotgan Orol dengizi maydoni oʻnlab baravarga qisqarib, uning oʻzani qaqroq sahroga aylandi. Mazkur oqibatlarni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli qaroriga muvofiq, O‘zgidromet tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayorlangan “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «Yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlandi va ushbu Strategiyani ilgari surish va joriy etish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi. Ushbu Strategiyaning Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)ga muvofiq, har bir vazirlik va idoralarga iqlim o‘zgarishini yumshatish yoki unga moslashish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
[1] https://hydromet.uz/uz/node/609
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli qarori "2019-2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «Yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasi to'g'risida"
2. O'zbekiston Respublikasining O'RQ-491-son Qonuni "Parij bitimini ratifikatsiya qilish to'g'risida", 2018-yil 2-oktyabr
3. O'zbekiston Respublikasi Qonuni "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida"
4. O'zbekiston Respublikasi Qonuni "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"
5. BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Doiraviy konvensiyasi (UNFCCC), 1993
6. Parij bitimi (Paris Agreement), 2016
7. O'zgidromet ma'lumotlari va statistik hisobotlar
8. O'zbekiston viloyat markazlari bo'yicha o'rtacha yillik havo haroratining ko'p yillik o'zgarishi statistik ma'lumotlari