O‘PKA SARATONIDA PD-1/PD-L1 TIZIMI FAOLLIGINI TAHLIL QILISH VA IMMUNOTERAPIYA NATIJALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘pka saratoni, PD-1/PD-L1 tizimi, immunoterapiya, nivolumab, pembrolizumab, onkologik immunologiya, shaxsga yo‘naltirilgan davolash.Abstract
Mazkur tezisda o‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarda PD-1/PD-L1 tizimi faolligining tahlili va immunoterapiya natijalarining samaradorligi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida immun tizimining saraton hujayralarini aniqlash va ularga qarshi kurashish mexanizmlari o‘rganildi. Shuningdek, PD-1 retseptorlari va PD-L1 ligandlarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan immun javobni bostirish holatlari klinik amaliyotda kuzatilgan misollar orqali tahlil qilindi.
Amaliy tajribalarda o‘pka saratonining kech bosqichida bo‘lgan bemorlarga immunoterapiya xususan, nivolumab va pembrolizumab kabi PD-1 inhibitörlari qo‘llanilib, organizmning o‘z immun tizimini faollashtirish orqali o‘sma hujayralarining regressiyasi kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, PD-1/PD-L1 tizimini tahlil qilish orqali bemorlarning davolanishga javob berish ehtimolini oldindan baholash va shaxsga yo‘naltirilgan immunoterapiya strategiyasini ishlab chiqish mumkin.
References
1. Onkologiya / M. D. Jo‘raev. Toshkent: Artex Nashr, 2022.
2. Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy amaliy Tibbiyot Markazi sayti: “Diagnostika va davolash standartlari” bo‘limi. Toshkent, 2024.
3. Klinik radiologiya asoslari. Toshkent: ToshPMI, 2021.
4. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari