HAVO TRANSPORTI TIZIMIDA DRONLAR FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH VA INTEGRATSIYALASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: dronlar, raqamlashtirish, havo transporti, integratsiyalash, logistik tizimlar, aviatsiya innovatsiyalari, uchuvchisiz apparatlar, transport xavfsizligi, zamonaviy texnologiyalar, aviatsiyada axborot tizimlari.Abstract
Annotatsiya: Hozirgi davrda texnologiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi transport sohasida ham tub burilishlar yasamoqda. Xususan, havo transporti tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish asosiy tendensiyaga aylanib bormoqda. Bu o‘zgarishlar doirasida ayniqsa dronlar yoki uchuvchisiz uchish apparatlarining joriy qilinishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Avvallari faqat harbiy yoki maxsus yo‘nalishlarda foydalanilgan dronlar hozirgi kunda fuqarolik aviatsiyasi, logistik xizmatlar, ekologik monitoring, qishloq ho‘jaligi, havodan kuzatuv, xavfsizlik va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Bu tendensiya dronlar faoliyatini yanada tizimli va samarali boshqarish, havo transporti infratuzilmasiga uyg‘unlashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
References
1. Abdug‘aniyev, J. (2020). “Raqamli iqtisodiyot sharoitida transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.” Innovatsion Taraqqiyot Jurnali, 4(2), 112-119.
2. Ahmedov, R. (2018). “O‘zbekiston havo transporti sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.” Transport va Logistika, 3(1), 72-80.
3. Alimov, U. (2019). “Dronlar va uchuvchisiz aparatlar boshqaruv tizimini raqamlashtirish.” Axborot Texnologiyalari, 11(3), 65-71.
4. Bazarov, D. (2021). “Transport infratuzilmasini raqamlashtirish va uning innovatsion rivojlanishi.” O‘zbekiston Transporti, 15(2), 88-93.
5. Ergashev, Q. (2022). “Dronlarni fuqarolik aviatsiyasida qo‘llash imkoniyatlari va yondashuvlari.” Aviatsiya Innovatsiyalari, 9(1), 38-47.
6. Jo‘raqulov, M. (2019). “Havo transportida raqamlashtirish va xavfsizlik tamoyillari.” Ilmiy Texnika Axborotnomasi, 8(4), 28-34.
7. Qilichev, E. (2021). “Yangi avlod dron va robot tizimlarini sanoatda qo‘llash.” Zamonaviy Texnologiyalar, 13(2), 50-56.