SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI
Abstract
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jahon xo‘jaligi rivojining eng muhim drayverlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida raqamlashtirish jarayonlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida ham “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish sanoatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni tejash va ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish tizimlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu bois ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega.
Raqamli texnologiyalar deganda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot oqimini boshqarish, sun’iy intellekt (AI), Internet of Things (IoT), Big Data, bulutli hisoblash (cloud computing) va raqamli modellashtirish (digital twin) kabi texnologiyalardan foydalanishni anglash mumkin. Bunday texnologiyalar korxonaning barcha bo‘g‘inlarida — xomashyo tayyorlashdan tortib, mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan bosqichlarda qo‘llanilishi mumkin.[1]
References
1. Yusupov, I. B. Raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari. — Toshkent: Oliy ta’lim, 2022. — 172 b.
2. Karimov, U. R. Sanoat korxonalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari. // “Innovatsion iqtisodiyot” jurnali. — Toshkent, 2023. — №3. — B. 83–91.
3. Qodirova, N. A. Sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv va raqamli transformatsiya. // “Milliy iqtisodiyot” jurnali. — Toshkent, 2022. — №4. — B. 70–78.
4. To‘xtayev, M. S. Sun’iy intellekt va sanoat avtomatlashtirish tizimlari. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. — 188 b.
5. Хашимова С. Н. Яшил иқтисодиёт тараққиёт гарови. – 2022.
6.Хашимова, Салима. "РЕСУРСОСБЕРЕЖЕНИЕ-ОСНОВА ТЕХНИЧЕСКОГО ПЕРЕВООРУЖЕНИЯ И РАЗВИТИЯ МЕТАЛЛУРГИИ УЗБЕКИСТАНА." ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA 1.3 (2022): 24-29.
7. Xashimova S. Sirkulyar iqtisodiyot barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2024. – Т. 2. – №. 12.
8. Xashimova, S. N. "The Essence and Stages of Development of the Concept of" Green" Economy." International Journal of Scientific Trends 3.6 (2024): 25-32.