ESKIRGAN SO’ZLARNING ASAR JOZIBADORLIGINI TA’MINLASHDAGI O’RNI
Abstract
“Tirik jonlarning oʻnib- oʻsishi uchun toza havoning ahamiyati qanchalik katta boʻlsa, adabiyotimizning ravnaqi uchun chinakam badiiy tilning ahamiyati ham shunchalik zoʻr”[1] Haqiqatdan ham badiiy asar o'z o'quvchilarini topishi uchun unda til unsurlaridan foydalana olish ahamiyatlidir. Ijodkor mahoratli va badiiy tafakkuri kuchli bo'lgandagina u o'z tili va uslubiga ega bo'ladi. Adabiyotshunoslar uslub atamasini kerakli deb hisoblasalar, tilshunoslar tilni ko'proq ahamiyatli deb hisoblaydilar. Mening nazdimda, til orqali uning uslubi namoyon bo'ladi. Kuzatamizki, Tog'ay Murod asarlarida takrorlar va dialektik birliklardan foydalanish ustunlik qilsa, Odil Yoqubov asarlarida adabiy normaga amal qilishini ko'proq kuzatamiz. Ijodkor uslubini belgilashda poetik individuallikni ta'minlovchi vositalar mavjud bo'ladikim, ular asarga tosh kabi sayqal berib uni ma'lum shaklga soladi. Bunday poetik individuallikni ta’minlovchi vositalar, asosan, leksik sath birliklarida kuzatiladi. Sinonimlar, omonimlar, antonimlar, shevalardan foydalanish, xiazm, takrorlar, oksyumoronlar hamda eskirgan so'zlar shular jumlasiga kiradi. Poetik individuallikni ta’minlashda leksik sathning har biridan o’z o’rnida foydalinishi muhim ahamiyatga ega. Biz eskirgan so’zlar badiiy matnda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.bizga yaxshi ma’lumki, eskirgan so'zlar ikki xil bo'ladi: tarixiy so'zlar va arxaizmlar.
References
1. Qodirov P. Badiiy til muammolari // Inqilob va adabiyot,- Toshkent: Fan, 1977. 140-6.
2.Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –Toshkent, “Oʻzbekiston”, 2002. –B.181-183.)
3. Barno Hasanova. Tarixiy hikoya tilining ayrim o'ziga xos xususiyatlari. O'zbek tili va adabiyoti.2005.N6, B 84)
4. Qurbonov T. Tarixiy badiiy asar va davr tili masalalari.(Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar. Bobur” romani materiallari asosida), “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent - 2006
6.Muxammadjonova G.80-yillar oxiri 90-yillar boshlari Oʻzbek she'riyatining lingvopoetik tadqiqi(Avtoreferat)-Toshkent , 2004
7. Абдували Қутбиддин. Найсон. - Тошкент,1988
8. Чори Аваз. Тортилган камон.-Самарқанд, 1990