MUTRIBIY SAMARQANDIYNING “NUSXA-YI ZEBO-I JAHONGIR” ASARI MUHIM TARIXIY MANBA SIFATIDA
Keywords:
Kalit so’zlar: Mutribi Samarqandiy, “Nusxa-yi zeboi Jahongir”, Jahongir podshoh, tazkiranaviy an’ana, Markaziy Osiyo, Hindiston, fors adabiyoti, tarixiy manba, madaniy aloqalar, XVII asr adabiy muhiti.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada mashhur tazkiranavis va adabiyotshunos olim Sulton Muhammad Mutribi Samarqandiyning “Nusxa-yi zeboi Jahongir” asari tarixiy manba sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Asarning yaratilish tarixi, tuzilishi, mazmun doirasi hamda unda yoritilgan XVI–XVII asrlar adabiy-madaniy muhiti ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotda asarning O‘rta Osiyo, Eron va Hindiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni o‘rganishdagi manbaviy ahamiyati, shuningdek, Mutribiyning “Tazkirat-ush-shuaro” asari bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Muallif asar orqali o‘z davrining adabiy, ilmiy va ijtimoiy muhitini yoritganini, shoirlar, olimlar hamda saroy arboblari o‘rtasidagi ilmiy-ijodiy munosabatlarni aniq dalillar bilan bayon etganini ta’kidlaydi. Shuningdek, “Nusxa-yi zeboi Jahongir” asari orqali Markaziy Osiyo va Hindiston adabiy maktablari o‘rtasidagi uzviylik hamda forsiy tazkiranaviy an’analarning rivojlanish yo‘nalishlari yoritib beriladi. Ushbu tadqiqot Mutribiy asarining o‘z davr adabiy jarayonlari va madaniy aloqalarini o‘rganishdagi o‘rni va tarixiy qiymatini aniqlashga qaratilgan.
References
1. Акрамов Ф. Тазкираи “Нусхаи зебои Ҷаҳонгирӣ”-и Мутрибӣ чун сарчашмаи омӯзиши ҳаёти адабии Мовароуннаҳру Ҳинд [Асри XVI ва ибтидои асри XVII]. – Душанбе, 1998. -140 с.
2. Mutribi Samarqandi's Conversations with Emperor Jahangir(Selections) Translated by Richard Foltz . Университет Вашингтона,© 2003 Silk Road Seattle
3. Qurbonaliyeva, M. S. (2024). Mutyribi Samarkandi and his poems. Science and Innovation International Scientific Journal, 3(3), 96–100.
4. Б.А.Ахмедов. Мутриби и его антологии. - В кн.: Из истории культурных связей народов Средней Азии и Индии. ИВ АН УзССР. Т.: «Фан» Узбекской ССР, 1986 г.
5. Ethe H. Catalogue of thee Persian Manuscripts in the library of the India Office, vol. II, Oxford, 1937.
6. Хотироти Мутриби.( Беседа с Джахангир падишах). Под. к печат А.Мирзоев. -Карачи, 1977. 62.