QARAKO‘L QO‘YLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Abstract
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bu — chorvachilik, xususan, qo‘ychilikdir. Mamlakatimizda asrlar davomida shakllangan qo‘ychilik madaniyati nafaqat aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki yengil sanoat uchun muhim xom ashyo manbai hisoblanadi. Ayniqsa, Qarako‘l qo‘ychiligi O‘zbekistonning tarixiy va iqtisodiy rivojida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qarako‘l qo‘ylarining noyob xususiyatlari — ularning mo‘ynasi, go‘shti, suti va naslchilik salohiyati — sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, genetik resurslarni saqlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ekologik omillar, oziqlantirish tizimi, parvarish sharoiti va seleksiya jarayonlarining mukammal yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida ayrim xo‘jaliklarda o‘nindorlik past darajada qolmoqda. Shuning uchun qarako‘l qo‘ylarining o‘nindorligini oshirish, ya’ni har bir urg‘ochi qo‘ydan ko‘proq va sifatli nasl olish masalasi bugungi kunda chorvachilikni rivojlantirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur tezisda qarako‘l qo‘ylarining biologik va genetik xususiyatlari, o‘nindorlikka ta’sir etuvchi omillar, oziqlantirish va parvarish tizimining takomillashtirilgan usullari, shuningdek, sun’iy urug‘lantirish va seleksiya ishlari samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy tahlil qilinadi.
Qarako‘l qo‘ychiligi O‘zbekistonning asosan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida keng rivojlangan. Bu zotli qo‘ylarning asosiy afzalligi — ularning mo‘ynasi (ya’ni “qarako‘l terisi”) juda qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. Dunyo miqyosida “Buxoro qarako‘li” brendi alohida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, bu qo‘ylar ekologik sharoitga chidamli, kam suv va ozuqa sharoitida ham yashovchanligi bilan ajralib turadi.
References
1. Abdullayev, Sh. Qarokol qo‘ylarini boqish texnologiyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. – 156 b.
2. Jo‘rayev, N. O‘zbekiston chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019. – 214 b.
3. Karimov, H. Cho‘l yaylovlaridan samarali foydalanish usullari. – Buxoro: “BuxDU nashriyoti”, 2020. – 132 b.
4. Rasulov, A. Naslchilik va seleksiya asoslari. – Toshkent: “Universitet”, 2017. – 198 b.
5. Xolmatov, I. Oziqlantirish fiziologiyasi va yem bazasini mustahkamlash yo‘llari. – Navoiy: NMIU, 2021. – 167 b.