BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK REFLEKSIYA VA INTUITSIYANING AHAMIYATI
Keywords:
Pedagogik intuitsiya, pedagogik refleksiya, kasbiy rivojlanish, bo‘lajak o‘qituvchi, refleksiv boshqaruv, kasbiy ijodkorlik, pedagogik idrok, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv qulaylik, kasbiy intuitsiya, o‘qituvchining o‘zini anglash jarayoni, ta’lim jarayoni, refleksiv mexanizmlar, shaxsiy tajriba, o‘qituvchining pedagogik faoliyati.Abstract
Mazkur maqolada pedagogik intuitsiya va refleksiyaning bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Pedagogik intuitsiya o‘qituvchining talaba shaxsining individual xususiyatlarini anglash, ta’lim jarayonida tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijodiy yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi. Pedagogik refleksiya esa o‘qituvchining o‘z faoliyatini baholash, o‘z-o‘zini anglash va kasbiy o‘sish jarayonini boshqarish uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, maqolada refleksiya bo‘lajak o‘qituvchi va talabaning o‘zaro o‘quv jarayonidagi o‘zaro ta’sirini tashkil etish mexanizmi sifatida ko‘rib chiqiladi. Pedagogik intuitsiya va refleksiya pedagogik idrok etish, ijodkorlik hamda kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari sifatida talqin qilinadi.