OILAVIY ZOʻRAVONLIK SHAROITIDA JABRLANGAN AYOLLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUVI VA SHAXSIY REINTEGRATSIYA JARAYONLARI
Keywords:
oilaviy zo‘ravonlik, jabrlanuvchi ayollar, psixologik xususiyatlar, ruhiy holat, depressiya va xavotirlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya, stressga chidamlilik, reabilitatsiya dasturlari, psixologik yordam, global va milliy tajribalar.Abstract
Mazkur tadqiqotda oilaviy zo‘ravonlik sharoitida jabrlangan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi va shaxsiy reintegratsiya jarayonlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ayollarning ruhiy salomatligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, motivatsion darajasi va stressga chidamlilik ko‘rsatkichlari, shuningdek, reintegratsiya jarayonida kuzatiladigan ijtimoiy-psixologik moslashuv omillari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ayollar orasida ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikning keng tarqalganligi, bu holatning depressiya va xavotirlik darajalarining yuqoriligiga bog‘liqligi aniqlangan. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning pastligi va ichki motivatsiyaning zaifligi, jabrlangan ayollarning shaxsiy reintegratsiya va ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlarini qiyinlashtirib, reabilitatsiya ehtiyojlarini oshirishi kuzatildi.