DARS JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AUTENTIK IBORALARDAN FOYDALANISH ASOSLARI
Keywords:
Autentik iboralar, dars jarayoni, til o’rganish, B2 darajasi, til ko’nikmalari, kontekstual o’rganish, leksik interferensiya, o’qituvchi roli, focus-guruhlar, kuzatuv, so’rovnomalar, statistic tahlilAbstract
Ushbu tezis "Dars jarayonini tashkil qilishda autentik iboralardan foydalanish asoslari" mavzusini o'rganadi va til o'rganish jarayonida autentik iboralarning ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda B2 darajadagi talabalar ishtirok etib, autentik iboralarning dars jarayonida qanday qo'llanilishi, ularning o'quvchilarga ta'siri va til ko'nikmalarini rivojlantirishdagi roli o'rganiladi. Metodologiya qismida sifatli va miqdoriy metodlar, jumladan intervyular, fokus-guruhlar, kuzatuvlar, so'rovnomalar va testlar orqali autentik iboralardan foydalanishning samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, autentik iboralar talabalar uchun tilni amaliy o'rganish, motivatsiya va qiziqishni oshirish, kontekstual o'rganish, o'z-o'zini tahlil qilish va muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.