AGROKLASTERLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARINI BAHOLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Agroklaster, bozor segmenti, investitsion jozibadorlik, innovatsion texnologiyalar, barqaror rivojlanish, hududiy iqtisodiyot, resurslardan foydalanish, ekologik barqarorlik, Puasson taqsimoti, Bernulli taqsimoti korrrelyatsion-regression tahlil, ssenariy usuli, raqobatbardoshlik.Abstract
Mazkur tadqiqotda agroklasterlarning rivojlanish tendensiyalarini baholash tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganildi. Samaradorlikni oshirish, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi. Bernulli va Puasson taqsimotlari asosida agroklasterlarning barqarorligi baholandi. Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilindi. Bundan tashqari agroklasterlarni har xil subyektiv yoki obyektiv tushunishlari maqomini belgilash chegaralarni aniqlashni murakablashtirishida sifatiy yondashuv ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari agroklasterlarni samarali boshqarish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ilmiy asos yaratadi.