KEYT DIKAMILLONING “UIN-DIKSI TUFAYLI” ASARIDA “HIKOYA QILISH VA TINGLASH” MAVZUSINI TAHLIL QILISH
Keywords:
Romanning dastlabki sahifalari orqali biz Opal Naomiga kelganiga bir necha hafta bo'lganiga qaramay, hali ham do'stlari yo'qligini ko’rishimiz mumkin. U kimdir bilan gaplashishni xohlaydi, ammo otasi (uni “voiz” deb ataydi) “ko'p vaqtini va'z qilish, va'zlari haqida o'ylash yoki va'z o’qishga tayyorlanish” uchun sarflagani sababli Opalga ko'p vaqt ajratmaydi.Abstract
“Uin-Diksi tufayli” o'quvchilarni 10 yoshli, yaqinda o'z dadasi bilan Florida shtatining Naomi shahriga ko'chib o'tgan va bir kuni oziq-ovqat do'konida daydi itni topib, asrab olgan Opal bilan tanishtiradi. Opal Uin-Diksi deya do'kon nomini qo’ygan it, Opalning Naomidagi birinchi do'sti bo’ladi. O'sha yozda Uin-Diksi Opalga boshqalar bilan ham do'stlashishga yordam beradi. Opal Uin-Diksi va boshqalar bilan do'stlashar ekan, onasi haqida tobora ko'proq qiziqib boradi. O'z hikoyalarini aytib berish va boshqalarning hikoyalarini tinglash orqali Opal hikoya qilish hikoyachi uchun muhim va ijobiy tajriba bo'lsa-da, tinglash, shubhasiz, yanada muhimroq va mazmunli ekanligini anglaydi. Romanda aytilishicha, boshqalarning hikoyalarini tinglash jamiyatni qurish, hurmat ko'rsatish va odamlarga qadr-qimmat va maqsadni topishga yordam berishdir.