O`ZBEKISTON CHINNI-FAYANS SANOATI TARIHI

Authors

  • Davranova M Author

Keywords:

1952-yilda Toshkent chinni zavodida milliy bezakli chinni buyumlar ishlab chiqarila boshladi. 1970-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 22 mln. dona mahsulot boʻlgan Samarqand chinni zavodi, 1978-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 29 mln. dona mahsulot boʻlgan Quvasoy chinni zavodi ishga tushirildi. 1967-yilda Angren keramika zavodi ishga tushirilishi bilan respublikada turli xil fayans va chinni plitkalar va sanitariyaqurilish mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi.

Abstract

 Chinni-fayans sanoati – chinni, fayans va boshqa nafis keramika maxsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan chinni buyumlar va badiiy chinni mahsulotlar, fayans, yarim chinni va mayolika mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Chinni-fayans sanoatis. mahsulotlari roʻzgʻorda, ayrim sanoat tarmoklarida keng qoʻllanadi. Chinni idishlar tayyorlash qad. Xitoyda 4—6-asrlarda paydo boʻldi. Yevropada birinchi chinni zavodi 1710-yilda Meysen (Germaniya)da, Rossiyada 1744-yilda qurilgan. Oʻzbekistonda Chinni-fayans sanoati esa asosan, 20-asrning 50-yillaridan rivojlana boshladi. Unga qadar Oʻrta Osiyoga chinni buyumlar qadimdan Xitoy va Erondan, 19-asrning 2yarmidan boshlab Rossiyadan keltirilgan. Roʻzgʻorda, asosan, mahalliy kulollar tayyorlagan sogyul idishlar (piyola, kosa, lagan, xum, xurmacha, chiroqdon va boshqalar)dan foydalanilgan

Published

2025-03-27

How to Cite

O`ZBEKISTON CHINNI-FAYANS SANOATI TARIHI. (2025). Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 41(1), 366-369. https://scientific-jl.com/trt/article/view/6493