KАMBАG‘АLLIKNI QISQАRTIRIShDА XUSUSIY TАDBIRKОRLIKNI RIVОJLАNTIRIShNING IJTIMOIY-IQTISODIY TAHLILI
Keywords:
Kambag‘allik, kambag‘allik qisqartirish, kambag‘allik darajasi, ishsizlik, qashshoqlik.Abstract
Kambag‘allikni qisqartirish, davlatning ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada kambag‘allik tushunchasiga ta’rif berilgan, mintaqada kambag‘allikni qisqartirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ahamiyatining shart-sharoitlari, tamoyillari, xorij tajribasi va undan samarali foydalanish yo‘llari bayon etilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega. Xususiy tadbirkorlik nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirishda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bir qator shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning har biri iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.