YOSH AVLODNING ONGIGA MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI DURDONALARINI SINGDIRISHDA “USTOZ-SHOGIRD” AN’ANALARINING QO’LLANISHINING AHAMIYATI.

Authors

  • Sultonov Abduraxim Abduraxmanovich Author

Keywords:

mumtoz musiqa, an’anaviy ijrochilik, xonanda, cholg’u sozlar, milliy qadriyatlar.

Abstract

Bugungi kunda  bizning mumtoz  musiqa san’atimizni, maqomlarimizni, an’anaviy ijrochiligimizni  xalqimizning juda kam foizini   tushunadi. Xattoki musiqa san’ati bilan shug’ullanib yurgan va shu sohada o’qigan xonanda va sozandalarda ham o’tgan XX asrda yashab ijod qilgan, o’zlarining betakror ijrolari bilan o’zbek milliy musiqa san’atida nom qozongan ustoz san’atkorlarimiz haqida ma’lumotga ega emas. Milliy cholg’u sozlarimiz tarixi va yaratilishi to’g’risida  bilimlari yo’q.  Yoshlarimiz milliy cholg’ularimizning nomlarini  ham bilishmaydi. Rubobni “dutar” deydi. “Ting’ir – ting’iringni bas qil”, -  degan so’zlarni ko’p eshitamiz. Maktab o’quvchilari ham bizning milliy cholg’u sozlarimiz sanalgan: chang, ud, g’ijjak, doira, nay, tanbur, rubob, qonun va boshqa cholg’u sozlari va ularning mashxur ijrochilari haqida xech qanday ma’lumotga ega emas.Yoshlar bu milliy cholg’u sozlarimizdan ko’ra gitara, organ, klarnet, akkordeon cholg’u sozlarini yaxshi taniydi. Kim nimani yoki kimni yaxshi tanisagina, o’sha  narsani yaxshi ko’radi. Milliy cholg’ularni yaxshi tanimasdan, ular haqida ma’lumotga ega bo’lmasdan,  yoshlar  ularni yaxshi  ko’rib qolishmaydi.

Published

2025-03-31

How to Cite

YOSH AVLODNING ONGIGA MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI DURDONALARINI SINGDIRISHDA “USTOZ-SHOGIRD” AN’ANALARINING QO’LLANISHINING AHAMIYATI. (2025). Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 41(1), 491-498. https://scientific-jl.com/trt/article/view/6963