OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLA INTELEKTINI RIVOJLANISHIGA O'ZARO ALOQADORLIGINI IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqola oilaviy munosabatlarning bola intelektini rivojlanishiga ta'sirini o‘rganishga qaratilgan. Oila bolalar uchun ijtimoiylashuv jarayonining birinchi bosqichi bo‘lib, uning aqliy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada oila tarbiyasi, oiladagi o‘zaro munosabatlar va oilaviy muhitning bola tafakkuriga ta'siri hamda intelektual rivojlanishda ularning o‘rni batafsil tahlil etilgan. Oila ichidagi muvozanatli munosabatlar, ota-onaning tarbiya usullari va bola bilan bo‘lgan muloqot uning psixologik rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Shuningdek, bolalarning ta'lim olishi, ijtimoiylashuvi va aqliy ko‘nikmalarining shakllanishi oilaning o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi va ishonchli muhit yaratishiga bog‘liq ekanligi ta'kidlanadi.