INFEKSION KASALLIKLARNI O‘QITISHDA MUAMMOGA ASOSLANGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: infeksion kasalliklar, muammoga asoslangan ta’lim, Problem-Based Learning, didaktik imkoniyatlar, klinik fikrlash, kompetensiyaga asoslangan ta’lim.Abstract
Ushbu tezisda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida infeksion kasalliklarni o‘qitish jarayonida muammoga asoslangan ta’lim (Problem-Based Learning – PBL) texnologiyasining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. PBL texnologiyasi talabalarda klinik fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqotda PBL yondashuvining an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan ustun jihatlari, ayniqsa infeksion kasalliklar fanining klinik yo‘naltirilgan mazmunini samarali o‘zlashtirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim vositalari bilan integratsiyalashgan PBL modeli infeksion jarayonlarning etiologiyasi, patogenezi va diagnostikasini o‘rganishda ta’lim samaradorligini oshirishi ta’kidlanadi.