MUAMMOGA ASOSLANGAN TA’LIM (PBL) METODIKASI ORQALI TIBBIYOT TALABALARI KLINIK FIKRLASH VA AMALIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Xafizova Klaraxon Abdumannobovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: muammoga asoslangan ta’lim, PBL, tibbiyot ta’limi, klinik fikrlash, amaliy ko‘nikmalar, pedagogik metod, raqamli vositalar.

Abstract

Muammoga asoslangan ta’lim (Problem-Based Learning – PBL) zamonaviy tibbiyot ta’limida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish va klinik fikrlash qobiliyatini shakllantirishda samarali pedagogik metod sifatida tanilgan. Ushbu tezisda PBL metodikasining tibbiyot ta’limidagi o‘rni, uning pedagogik imkoniyatlari va metodik yechimlari tahlil qilinadi. Ishda PBL jarayonida talabalar real klinik vaziyatlarni tahlil qilish, differensial tashxis qo‘yish va davolash strategiyasini belgilash ko‘nikmalarini qanday rivojlantirishi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, PBLning samaradorligini oshirish uchun raqamli va elektron ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ham o‘rganiladi.

Published

2026-02-10