QISHLOQ XO'JALIGI KICHIK BIZNES SUB’EKTLARIDA BIZNESINI RIVOJLANTIRISH KONTSEPSIYASI, MOHIYATI VA EVOLYUTSIYASI.

Authors

  • Xudayberdiyev Furqat Imomnazar o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so’zlar : Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, tarixiy-evolyutsion, iqtisodiy islohotlar , biznes sub’ektlari, amaliy tahlillar, oziq-ovqat mahsulotlari.

Abstract

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlarining biznesini rivojlantirish kontsepsiyasi, uning iqtisodiy mohiyati va tarixiy-evolyutsion rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kichik biznesning agrar sektordagi o‘rni, resurslardan samarali foydalanish, bozor mexanizmlariga moslashuvchanlik hamda innovatsion yondashuvlar orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida kichik biznesni rivojlantirish kontsepsiyasining shakllanishi an’anaviy ishlab chiqarish modellardan zamonaviy, raqobatbardosh va texnologiyalarga asoslangan biznes modellariga o‘tish jarayoni sifatida yoritib beriladi. Iqtisodiy islohotlar, institutsional o‘zgarishlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kichik agrar biznes rivojiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Olib borilgan tahlillar qishloq xo‘jaligi kichik biznes sub’ektlarining uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashda kompleks va tizimli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Published

2026-02-11