AGROTADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA AGROMAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH KO‘RSATKICHLARI VA MEZONLARI

Authors

  • Xudayberdiyev Furqat Imomnazar o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bozor iqtisodiyoti, Ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi, mezonlarini ilmiyligi, mazkur ko‘rsatkichlar, agrotadbirkorlik sub’ektlari faoliyati, samaradorlig.

Abstract

Mazkur tezisda agrotadbirkorlik sub’ektlarida agromahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda qo‘llaniladigan iqtisodiy, texnologik va tashkiliy ko‘rsatkichlarning mazmuni ochib berilib, ularning agrotadbirkorlik faoliyati natijalariga ta’siri asoslab beriladi. Xususan, resurslardan foydalanish darajasi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish tannarxi, rentabellik va qo‘shimcha qiymat yaratish kabi asosiy ko‘rsatkichlar samaradorlikni baholashning muhim mezonlari sifatida yoritiladi. Shuningdek, agromahsulotlar ishlab chiqarishda tabiiy-iqlim sharoitlari, mavsumiylik va bozor kon’yunkturasining samaradorlikka ta’siri inobatga olingan holda kompleks baholash zarurligi ta’kidlanadi. Tezisda ishlab chiqilgan yondashuvlar agrotadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini asoslashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Published

2026-02-11