IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA GUAR O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI: XALQARO TAJRIBA VA ILMIY YONDASHUVLAR
Abstract
So‘nggi o‘n yilliklarda global iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada degradatsiyaga uchragan yer maydonlari kengayib suv taqchiligi kun sari ortmoqda. Shu jumladan, o‘zgarib borayotgan iqlim sharoitlariga mos unumdorligi yuqori qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan ekin ekish chora tadbirlari ko‘rilmoqda. Shu sharoitda kam suv talab qiluvchi, stress omillariga chidamli va agroekologik barqaror ekin turlarini izlash dolzarb ilmiy yo‘nalishga aylangan. Tuproqning biologik va unumdorlik xossasiga dukkakli ekinlarning ta’siri asosan ijobiy natijalarni ko‘rsatib kelmoqda, shuningdek qishloq xo‘jaligida ozuqabop foydali ekin hisoblanadi. Xususan, Guar o‘simligi ham zamonaviy va intensiv ekin sifatida mamlakatimiz tuproq tiplariga mos kelish-kelmasligini bilish uchun tajriba maydonlarida sinov ekin sifatida ekilmoqda.