TA’LIM MATERIALLARINI AKSIOLOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA INTEGRATSIYALASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: aksiologiya, qadriyat, integratsiya, ta’lim mazmuni, pedagogik model, kompetensiyaviy yondashuv, ma’naviy tarbiya, fanlararo aloqadorlik.Abstract
ANNOTATSIYA . Mazkur maqolada ta’lim materiallarini aksiologik yondashuvlar asosida integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida bilimlarning fragmentar xarakter kasb etishi, qadriyatlar komponentining yetarli darajada integratsiyalanmaganligi pedagogik samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada aksiologik paradigma doirasida ta’lim mazmunini qayta loyihalash zarurati asoslab beriladi. Tadqiqotda tizimli, aksiologik, kompetensiyaviy va integrativ yondashuvlarga tayanilgan. Muallif tomonidan ta’lim materiallarini integratsiyalashning uch komponentli modeli (bilim–qadriyat–faoliyat) taklif etilib, uning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aksiologik integratsiya ta’lim jarayonining ma’naviy yo‘naltirilganligini kuchaytiradi, shaxsning reflektiv va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantiradi.