TURli KIMYOVIY TARKIBLI SUVLAR TA’SIRIDA MOYAK ORTIG‘I EPITELIY HUJAYRALARINING STRUKTUR-FUNKSIONAL HOLATI

Authors

  • ABBASOV DAMIR ISKANDAROVICH. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: moyak ortig‘i, epididimis epiteliyi, morfologiya, morfometriya, stereosiliyalar, sekretor faollik, minerallashgan suv, reproduktiv tizim.

Abstract

Mazkur maqolada turli kimyoviy tarkibli ichimlik suvlari uzoq muddat iste’mol qilinganda moyak ortig‘i epiteliy hujayralarining struktur-funksional holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida epididimis chiqaruvchi naychalari epiteliy qavatining balandligi, stereosiliyalar holati, sitoplazmaning ultrastrukturasi, yadro-sitoplazma nisbati hamda sekretor faollik darajasi morfologik va morfometrik usullar yordamida baholandi. Yuqori minerallashgan suv iste’moli epiteliy hujayralarida distrofik va destruktiv jarayonlarning rivojlanishi, rezorbtiv va sekretor funksiyaning susayishi, interstitsial shish va mikrosirkulyator o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lishi aniqlandi. Olingan natijalar ichimlik suvi tarkibining epididimisning morfofunksional holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Published

2026-02-18