O‘ZBEKISTON DORIVOR O’SIMLIKLARI ENDOFIT ZAMBURUG‘LARINING PANKREATIK LIPAZANI INGIBIRLASHDAGI BIOLOGIK POTENSIALI
Abstract
Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1 milliarddan ortiq kattalar ortiqcha vaznga ega bo‘lib, ulardan 300 million nafari semizlikdan aziyat chekadi [1]. Semizlikning oldini olishga qaratilgan terapevtik yondashuvlardan biri — ovqat hazm qilish a’zolarida lipaza fermentini ingibirlash orqali yog‘ kislotalarining so‘rilishini sekinlashtirishdan iborat [2]. Hozirgi kunda butun dunyoda semizlikka qarshi qo‘llash uchun tasdiqlangan yagona dori vositasi — lipaza ingibitori Orlistat hisoblanadi. Biroq ushbu preparatni uzoq muddat qo‘llash gepatotoksiklik, o‘t pufagida va buyrakda toshlar hosil bo‘lishi hamda o‘tkir pankreatit kabi jiddiy nojo‘ya ta’sirlar bilan kechadi [3].
Downloads
Published
2026-02-23
Issue
Section
Articles