KORPORATSIYALARNING VALYUTA RISKLARINI BOSHQARISHDA DERIVATIV VOSITALARDAN FOYDALANISH
Keywords:
Kalit so’zlar: valyuta riski, investitsiya, korporatsiya, forwards, futures, svop, opsion,Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda korporatsiyalarning valyuta risklarini boshqarishda derivativ moliyaviy vositalardan foydalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida valyuta kurslarining yuqori darajadagi o‘zgaruvchanligi korporatsiyalar moliyaviy barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotning maqsadi valyuta riskining iqtisodiy mohiyatini ochib berish hamda forward, futures, opsion va svop kabi derivativ instrumentlarning risklarni minimallashtirishdagi rolini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida valyuta riskining asosiy turlari (transaksion, translatsion va iqtisodiy risk) o‘rganildi hamda ularni hedging strategiyalari orqali kamaytirish imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari derivativ vositalardan oqilona foydalanish korporatsiyalarning pul oqimini barqarorlashtirish, moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish va kompaniya qiymatini saqlab qolishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.